Osiyo chempionati: 6 nafar bokschimiz chorak finalda jang qiladi

129

Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida chorak final bahslari boshlandi. Chorak final bosqichining bugungi kichik o‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlarida O‘zbekiston terma jamoasining 6 nafar charm qo‘lqop ustalari ringga ko‘tariladi.

Unda vazni -35 kg. bo‘lgan Sarmat Shokarimov qozog‘istonlik Daulet Tenelbayni sinovdan o‘tkazsa, -37 kg. vazndagi bokschimiz Muhriddin Hamidjonov filippinlik Richard Paylaga qarshi jang qiladi. Shuningdek, Kamronbek Komilov (-40 kg.) – Atabek Hojiyev (Turkmaniston), Sabinaxon Kamiljonova (-37 kg.) – Pei-Yun Chiang (Xitoy Taypeyi), Oybek Alimjonov (-46 kg.) – Sultan Shannaq (Iordaniya), Rayhona Alimxanova (-43 kg.) – Xiao-Ting Shao (Xitoy Taypeyi) o‘rtasidagi bellashuvlarga guvoh bo‘lamiz.

Eslatib o‘tamiz, kechagi janglarda -60 kg. vaznda Abrorbek Sharipov tailandlik Santi Kayevboonraungni taslim etgan bo‘lsa, Sunnatbek Ilhomov -66 kg. vazn toifasida yaponiyalik Kunimitsu Honjoga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA