Istanbulda 6,2 magnitudali zilzila yuz berdi

“Anadolu” xabar berishicha, yer silkinishi mahalliy vaqt bilan 12:49 da qayd etilgan. 6,2 magnitudali zilzila tafsiloti Turkiya Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar boshqarmasi (AFAD) bayonotida keltirilgan.
Zilzila o‘chog‘i markazi Marmara dengizining Silivri viloyati hududidagi qismida, 6,92 kilometr chuqurlikda bo‘lib, yer qimirlashi qo‘shni viloyatlarda ham sezildi.
AFAD Istanbulda soat 12:51 va 13:02 da mos ravishda 4,4 va 4,9 magnitudali zilzilalarni ham qayd etdi.
Hozircha qurbonlar, jarohatlanganlar yoki vayronagarchilik haqida ma’lumot yo‘q. Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an voqea munosabati bilan hamdardlik bildirib, davlat idoralari vaziyat rivojini diqqat bilan kuzatib borayotganini ta’kidladi.