Tramp shu hafta tinchlik rejasini e’lon qiladi
AQSH Prezidenti Donald Tramp yaqin uch kun ichida Rossiya – Ukraina urushini tugatish bo‘yicha taklif qilinadigan tinchlik rejasi mazmuni oshkor etilishini bildirdi.
“New York Post” rasmiy manbalariga ko‘ra, reja o‘t ochishni to‘xtatish jarayonini kuzatish uchun alohida tinchlikparvar kuchlar tuzishni nazarda tutadi. Bu ruslar, ukrainlar va NATOga a’zo bo‘lmagan uchinchi davlat vakillaridan iborat qo‘shma komissiyaga o‘xshaydi. Qo‘shma Shtatlar jarayonda uchinchi tomon bilan birga moliyaviy kuch sifatida namoyon bo‘ladi.
Tinchlik shartida Ukrainaga Yevropa kuchlari kiritilishi ham aks etishi mumkin. Qachonki, o‘t ochish to‘xtasa, sulhga erishilsa.
Oq uy rahbarining rejasiga ko‘hna qit’a yetakchilari ham jiddiy qiziqish bilan qarayapti. Shu bilan birga, biroz xavotir ham yo‘q emas.
17 aprel kuni Ukraina, AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya va Germaniya Parijda muzokara o‘tkazib, Rossiya – Ukraina urushini tugatish yuzasidan fikr almashgan.