Institut talabalari faxrli o‘rinni egalladi
Joriy yilning 13-18 aprel kunlari Turkmaniston Respublikasining Ashxobod shahrida matematika fanidan bo‘lib o‘tgan “Open Mathematical Olympiad for University Students (OMOUS-2025)” an’anaviy xalqaro olimpiadada Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Quvonarlisi, institutning fizika-matematika fakulteti talabalari Umida Maxsutova va Maman Genjaliyev faxrli 3-o‘rinni egallab, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

– Talabalarimiz xalqaro doirada tashkil etilgan fan olimpiadasida ustozlaridan o‘rgangan bilim va ko‘nikmalarini namoyish etib, yuqori natijalarga erishdi. Albatta, bu institutimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ibratli ishlarning samarasi deb hisoblaymiz, – deydi fizika-matematika fakulteti dekani Rzamurat Jiyemuratov.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.