Qatar Rossiya bilan muhim sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirishdan manfaatdor

145

Doha Moskva bilan iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida hamkorlikni chuqurlashtirishdan manfaatdor.

Bu haqda Qatar Savdo va sanoat vaziri Faysal bin Soniy bin Faysal Ol Soniy Rossiya-Qatar biznes-forumi ishtirokchilari oldidagi qutlov nutqida aytib o‘tdi.

– Biz Rossiya bilan muhim tarmoqlarda hamkorlikni chuqurlashtirishga intilamiz, – dedi vazir. – Bugun biz kelishuvdan harakatga o‘tmoqdamiz, -deya qo‘shimcha qildi u.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Qatarni “nafaqat iqtisodiy aloqalar”, balki diplomatiya va ishonch tamoyillariga asoslangan “umumiy qarash” ham bog‘lab turadi.

Rossiya poytaxtida Rossiya-Qatar biznes forumi bo‘lib o‘tmoqda, unda Rossiya-Qatar hamkorligining dolzarb yo‘nalishlari va ikki davlat o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash muhokama qilinmoqda, deb xabar berdi TASS. Forumda barqaror moliyaviy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, turizm va shahar infratuzilmasi sohalarida hamkorlik, shuningdek, transport va logistika aloqalari istiqbollari muhokama qilinadi. Tadbir Qatar Savdo va sanoat vazirligi, Rossiya Sanoat va savdo vazirligi, Rossiya Federatsiyasi Savdo-sanoat palatasi ko‘magida Roskongress jamg‘armasi, Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etildi.

M.Pirmatova, O‘zA