JST: Xitoy yirik eksportyor, AQSH esa yirik importyor

137

Jahon savdo tashkiloti e’lon qilgan istiqbol va statistika bo‘yicha hisobotda Xitoy 2024 yil dunyodagi yetakchi eksport mamlakati, AQSH esa eng yirik importchi maqomini qo‘lga kiritgan.

O‘tgan yil jahon mahsuloti eksporti 2 foiz o‘sib, Yevropa Ittifoqi hissasini ham qo‘shganda 24,43 trillion dollarni tashkil etdi. XXR ushbu miqdorning 3,58 trillion dollari bilan yer yuzidagi eng yirik eksportchiga aylandi. Amerika davlatining 3,36 trillion dollar ko‘rsatkichi esa jahon bo‘ylab eng ko‘p mahsulot va xizmat xaridini ifodalaydi. Har ikki ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagan YeI hissasiga mos ravishda 2,8 va 2,6 trillion dollar to‘g‘ri kelgan.