Fadli Zon: “Imom Al-Buxoriy va Sukarno” spektakli – madaniy diplomatiya ramzi

150

“Indoneziya ovozi” teleradio tarmog‘ida ushbu mamlakat madaniyat vaziri Fadli Zon “Imom Al-Buxoriy va Sukarno” teatr spektaklini o‘zaro hamkorlikning haqiqiy ramzi sifatida yuqori baholadi.

15 aprel kuni Jakartadagi San’at binosida qo‘yilgan ushbu asar “Bumi Burnati Foundation” tomonidan Kattaqo‘rg‘on teatri bilan hamkorlikda tayyorlangan. Mazkur sahna hikoyasida Islom olamining ulug‘ namoyandasi va Indoneziyaning birinchi yetakchisi ramziy uchrashuvi ifodalangan.

– Juda ta’sirlandim, tarixiy va madaniy aloqalarimizni mustahkamlovchi favqulodda shou bu, – dedi Fadli Zon. – 2024 yil O‘zbekistonda namoyish qilingan uch spektaklning davomi bo‘lgan asar Prezident Sukarnoning 1956 yil Imom Buxoriy qabriga qilgan tarixiy tashrifini jonlantirgan.

Indoneziya Respublikasi 5-prezidenti Megavati Sukarnoputri mazkur ijodiy ish “xalqlar o‘rtasidagi tarix va hurmat ko‘prigi” ekanini ta’kidlarkan, “san’at va qalb siyohi bilan yozilgan tarix” deya ta’rifladi. U ssenariy mualliflari Ahmad Favziy, Valixon Umarov va butun prodyuserlik jamoasiga alohida minnatdorlik bildirdi.

Mamlakatimizning Indoneziyadagi elchisi Oybek Eshonov Bung Karno (Sukarnoning taxallusi)ning Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilishi ikki davlat o‘rtasidagi yaqin munosabatning boshlang‘ich nuqtasi bo‘lganini eslatdi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA