Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 40 ta mamlakat ishtirok etadi

147

May oyida ilk bor Braziliyada bo‘lib o‘tadigan kimyo fani bo‘yicha Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi (XMO-59) rekord sondagi davlatlardan ishtirokchilarni bir joyga to‘playdi. Bu haqda Andrey Melnichenko jamg‘armasi bosh direktori Tatyana Juravleva “TASS” axborot agentligiga ma’lum qildi.

“2025 yilda Mendeleyev olimpiadasida 40 ta mamlakatdan o‘quvchilar ishtirok etadi. Ular yetti kun davomida vazifalarni yechadi”— dedi u.

2023 yilda kimyo bo‘yicha 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida toshkentlik o‘quvchilar — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Azizbek Nazarov va 81-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi Abdulloh Mahmudovlar g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritishgan edi.

Loyiha an’anaga ko‘ra M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining kimyo fakulteti va Andrey Melnichenko jamg‘armasi tomonidan tashkil etildi.

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA.