Talaba-yoshlar korrupsiyaga qarshi

143

O‘zbekiston davlat madaniyat va san’at instituti Nukus filialida “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusida talaba-yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston “Adolat” SDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi N.Kaipbergenov, mazkur filialning korrupsiyaga qarshi Komplayens-nazorat xizmati bo‘limi boshlig‘i  A.Jarimbetov va boshqalar bugungi kunda har bir fuqaroning huquqiy madaniyatini shakllantirish, ularning faolligi, jamiyatdagi o‘rnini oshirish, yoshlarning ongini ma’naviy jihatdan yuksaltirish haqida so‘z yuritdi.

“Adolat” SDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda talabalar faol ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashish, bu borada shaxsiy mas’uliyat va fuqarolik pozitsiyasining ahamiyati yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga yangicha nazar bilan qarash, yoshlarni ongli qarorlar qabul qilishga undash, ularni bu illatga qarshi kurashga da’vat etish kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Shu kabi uchrashuv Nukusdagi Innovatsion texnologiyalar universitetida ham bo‘lib o‘tdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.