Xo‘jaylilik tashabbuskor tadbirkor

148

FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanib, o‘z faoliyatini rivojlantirayotgan tadbirkorlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. “Cake Boomer” brendi asoschisi tashabbuskor va izlanuvchan tadbirkor Mohira Mamutova ulardan biri.

Mohira Mamutova 2007 yil “Cake Bumer” oilaviy korxonasiga asos solgan. Ushbu korxona qandolat mahsulotlarini tayyorlash bilan shug‘ullanadi.

Dastlab bir nafar ishchi bilan o‘z faoliyatini boshlagan korxonada bugungi kunda yuzdan ziyod fuqaroning doimiy bandligi ta’minlangan. Shundan 30 dan ko‘pi migratsiyadan qaytgan fuqaro bo‘lsa, 80 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Shuningdek, korxonaning Nukus shahri va Qo‘ng‘irot tumanlarida filiallari ham mavjud.

Tadbirkorga Prezidentimizning 2023 yil 8 avgustdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni asosida tuman markazidan investitsiya kiritish sharti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yer maydoni ajratib berildi. Ushbu imtiyoz yordamida tadbirkor korxona faoliyatini yanada kengaytirish va yana 50 dan ziyod xotin-qizning bandligi ta’minlashni rejalashtirgan.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA