Fermer xo‘jaligi qoshida sutni qayta ishlash sexi tashkil etiladi

144

FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi “Qilchinoq” ovul fuqarolar yig‘inida joylashgan “Bahodir Chorvasi” naslchilik fermer xo‘jaligida xorijdan olib kelingan qariyb 150 bosh zotdor qoramol parvarishlanadi. Shundan 40 bosh sigirdan kuniga 650-700 litr sut olinmoqda.

Xo‘jalik a’zolari naslli chorva mollari sonini ko‘paytirish orqali aholini arzon va sifatli go‘sht va sut mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash uchun harakat qilmoqda. O‘tgan yil qoramollarni kuz va qish oylaridan betalafot olib chiqish maqsadida oldindan 800 tonna silos ozuqa bazasi uchun tayyorlandi.

Hozirda xo‘jalikda 20 ga yaqin kishining bandligi ta’minlangan.

Joriy yil yakuniga qadar xo‘jalik qoshida sutni qayta ishlash sexi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA