Poytaxtimizda “Fintech League 2025” futbol musobaqasi boshlandi

111

UZCARD tomonidan uyushtirilayotgan yangi futbol turniri hisoblangan “Fintech League 2025” bahslari noyob va ommaviy sport musobaqasi sifatida ko‘pchilikda katta taassurot qoldirmoqda.

Mamlakatimizdagi “eng yosh turnir” nomini olgan musobaqada yetakchi moliyaviy va texnologik kompaniyalari jamoalari 6 ta guruhga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Qiziqarli o‘tgan o‘yinlar natijasiga ko‘ra, eng kuchli 16 ta jamoa pley-off bosqichiga chiqdi.

Endi ushbu jamoalar joriy yil 12 aprel – 31 may kunlari belgilangan dastur asosida poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadioni o‘yingohlarida tomoshabinlarga takrorlanmas hissiyotlar va unutilmas lahzalar baxsh etadigan qiziqarli uchrashuvlarda maydonga tushadi.

Futbol turnirida “Soliq Service”, “Hamkorbank”, “Btech”, “Xalqbank”, “Mybank”, SQB, “UZCARD”, “Alif”, “Poytaxtbank”, “Asakabank”, NBU, “Beelab”, “Tengebank”, “Paynet”, BRB, “Infinbank”, “Agrobank”, “Hayotbank”, Ucell, “Markaziy bank”, “Turonbank”, OFB, “Mkbank” va “Anorbank” kabi jamoalar g‘oliblik uchun kurashga kirishdi.

Bugun “Fintech League 2025” turnirining ilk bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda NBU jamoasi “Alif”ni 5:0 hisobida, Ucell jamoasi SB jamoasini 5:2 ko‘rinishida dog‘da qoldirdi.
Musobaqalar davom etmoqda.

N.Rahmonova, O‘zA