AQSH sobiq moliya vaziri Trampni tanqid qildi

142

Amerika Qo‘shma Shtatlari sobiq moliya vaziri Janet Yellen “Blumberg TV”ga bergan intervyusida Prezident Donald Trampning tarif siyosati noto‘g‘riligiga ishonchi komilligini bildirdi.

– Menimcha, bu siyosat butunlay noto‘g‘ri, maqsad yo‘q, tariflarning mantiqiy asosi noaniq va aqlsiz, – degan u. – Masalan, Oq uyning Vetnamga yuqori boj joriy etishi g‘alati, chunki avval milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan ta’minot zanjirini diversifikatsiya qilish maqsadida ushbu mamlakatda mahsulot ishlab chiqarish faol rag‘batlantirilgan. Agar AQSH birinchi qadamni tashlasa, Pekin yaqinda o‘rnatilgan savdo to‘siqlarini olib tashlashni afzal ko‘radi. Xitoyga boj to‘lash amerikalik xonadonlarga og‘irlik qiladi. Bu ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqani uzadi. Obligatsiya bozoridagi o‘zgaruvchanlik, dollar zaiflashishi ham “ishonch yo‘qolgani”dan dalolat.

Shu bilan birga, mulozim vaziyat hali Federal zaxira tizimining aralashuvini talab qilmaydi, deb hisoblaydi.