“Buyuk ipak yo‘li“ turnirida 12 nafar bokschimiz yarim finalda jang qiladi

Ozarbayjonning Boku shahrida an’anaviy “Buyuk ipak yo‘li“ xalqaro turniri davom etmoqda. Kuni kecha mazkur musobaqa doirasida chorak final janglari yakunlandi.
Mazkur nufuzli musobaqaning 1/4 finalida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan ayollar va erkaklar terma jamoamiz ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, ulardan 12 nafari yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Bugun, 14 aprel kuni “Buyuk ipak yo‘li“ xalqaro turnirida yarim final bellashuvlariga start beriladi. Unda quyidagi charm qo‘lqop ustalarimiz final bosqichiga chiqish uchun ringga ko‘tariladi:

Ayollar:
-48 kg: Jasmin Tohirova – Anaxanim Ismayilova (Ozarbayjon);
-50 kg: Sabina Boboqulova – Elyanur Turganova (Qozog‘iston);
-57 kg: Uzukjamol Yunusova – Daria Abramova (Rossiya);
-70 kg: Oysha Toirova – Patrisia Mbata (IBA);
+81 kg: Oltinoy Sotimboyeva – Ksenia Olifirenko (Rossiya);
Erkaklar:

-48 kg: Behruz Xoldorov – Sahil Allahverdovi (Gruziya);
-54 kg: Shahzod Muzaffarov — Bagslan Kenjebek (Qozog‘iston);
-57 kg: Nodirbek Allaberganov — Xusravxon Rahimov (Tojikiston);
-63,5 kg: Sayat Ilyosov – Ruslan Gafurov (Tojikiston);
-71 kg: Sardor Abdumutaliyov – Nurbek Mursal (Qozog‘iston);
-71 kg: Bekzod Hamidov – Igor Sviridchenkov (Rossiya);
-86 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev – Dauren Mamir (Qozog‘iston).
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA