Shaxmat: Abdusattorov fransiyalik raqibini mag‘lub etdi

183

Fransiyaning Parij shahrida o‘tayotgan “Freestyle Chess Grand Slam Paris” turnirining 1–4, 5–8 hamda 9–10-o‘rinlari uchun bahslarning dastlabki kun bellashuvlari yakunlandi.

Kecha bo‘lib o‘tgan chorak final doirasidagi Magnus Karlsen – Fabiano Karuana hamda Vinsent Keymer – Xikaru Nakamura juftliklari o‘rtasidagi ilk bahslar durang natija bilan yakunlandi.

5–8-o‘rinlar uchun kurashayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov Maksim Vashe-Lagrav ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Yana bir juftlikda esa Yan Nepomnyashiy Arjun Erigaisini mag‘lub etdi.

9–10-o‘rinlar uchun o‘tkazilgan Ramishbabu Praggnanadxa – Richard Rapport uchrashuvi durang bilan yakunlandi.

Bugun, 12 aprel kuni, umumiy mukofot jamg‘armasi 680 ming AQSH dollarini tashkil etadigan turnirning navbatdagi — ikkinchi kun bahslari bo‘lib o‘tadi.

Musobaqaning hal qiluvchi final bellashuvlari esa 14 aprel kuni tashkil etiladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA