Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston kubogi g‘oliblari aniqlandi

170

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan “Alpomish” sport saroyida taekvondo WT yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar o‘rtasidagi bahslarda Mixail Li, Mohinur Jumaboyeva va Arina Babushkina oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Kadetlar orasida esa Xushnur Fazliddinov, Amirbek Isroilov, Maksim Kim, Farruh Burxonov, Behruzbek Ozodov, Odil Valiyev, Ozoda Ergasheva, Shirina Serikbayeva hamda Go‘zalxon Abdurahmonova o‘z vazn toifalarida eng yuqori natijani qayd etib, shohsupaning birinchi pog‘onasidan joy oldilar.

Ma’lumot o‘rnida: musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan jami 1 ming 300 nafar yosh sportchi ishtirok etdi. Turnirda yuqori natijalarga erishgan sportchilar o‘z yosh toifalari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi safida nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA