Joriy yilning birinchi choragida mamlakatimizga 8 milliard 600 million dollar investitsiya keldi

153

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ta’kidlandi.

– Lekin ko‘p vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlar “investitsiya o‘zi bo‘laveradi”, degan fikr bilan yuribdi, dunyoqarashini haligacha o‘zgartirmagan”, – dedi Prezident.

O‘tgan hafta sohadagi muammolar tanqidiy muhokama qilinib, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari hokimlarining investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlariga “hayfsan” berilgan, Kattaqo‘rg‘on, Navoiy, Yangiyo‘l, Jizzax shaharlari, Yangiobod, Mirzaobod, Bo‘ka va Nukus tumanlari hokimlari ogohlantirilgan.

– Pul tikaman degan tayyor investorlarni masalasini tez-tez hal qilish o‘rniga, ko‘p rahbarlar byurokratiya qilgani uchun, sarmoyadorlar ketib qolayapti, – deya qat’iy e’tiroz bildirdi davlatimiz rahbari.

Har bir hudud va tarmoq kesimida mas’ul rahbarlar faoliyatiga baho berilishi va xulosa qattiq bo‘lishi haqida ogohlantirildi.

O‘zA