Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
Kun tartibidagi ikkinchi masala – xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlari ko‘rib chiqildi.
Joriy yilda Birlashgan Arab Amirliklari, Malayziya, Kuvayt va Fransiyaga tashriflarda 39 milliard dollarlik 178 ta loyiha bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
O‘tgan hafta Samarqandda Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga 12 milliard yevro ajratishini ma’lum qildi.
Shularni hisobga olib, 2025 yilda:
– 42 milliard dollarlik xorijiy investitsiyani ta’minlash, shu jumladan xorijiy moliya institutlari ishtirokida 5,3 milliard dollarlik ishlarni bajarish;
– 81 ta yirik loyihani ishga tushirish, 8 mingdan ortiq o‘rta va kichik loyihani amalga oshirish;
– donor tashkilotlar bilan faol ishlab, 2 milliard dollar grant olib kelish;
– banklar bilan 6 milliard dollar resurs jalb qilish asosiy maqsad bo‘lishi belgilandi.
O‘zA