Xorijdan 15 million nafar turistni jalb qilish bo‘yicha vazifalar belgilandi
166
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
Umuman, yig‘ilishda aytilgan imkoniyatlarni ishga solib, joriy yilda turizm sohasida:
– xorijdan 15 million turist jalb qilish va eksportni 4 milliard dollarga yetkazish;
– 635 ta mehmonxona va mehmon uylarini ishga tushirish, 50 mingta yangi ish o‘rni yaratish;
– qo‘shimcha 375 ta turoperator faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
– Andijon, Jizzax, Navoiy, Surxondaryo, Toshkent viloyatida 1 tadan, Qashqadaryoda – 2 ta va Buxoroda – 3 ta turizm qishlog‘ini tashkil qilish ustuvor vazifalar etib belgilandi.
O‘zA