Har yili ichki turizm targ‘ibotini kengaytirishga yigirma milliard so‘m ajratiladi
152
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ta’kidlandi.
So‘nggi yillarda ichki turizmga e’tibor tufayli mahalliy sayyohlar soni 23 millionga yetdi (2017 yilda 5 millionta edi).
Lekin haligacha Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzga bormagan oilalar ko‘p. Shu bois, har oyning bitta shanba va yakshanbasi – “oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish” kuni, deb e’lon qilinadi.
Yoshlar o‘rtasidagi musobaqa g‘oliblariga “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasini sovg‘a qilish yo‘lga qo‘yiladi.
Har yili ichki turizm targ‘ibotini kengaytirishga 20 milliard so‘m ajratiladi.
Mutasaddilarga ekstremal turizmni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirildi.
O‘zA