36 ta tuman va shahar bo‘yicha master rejalar ishlab chiqiladi

146

Prezidentimiz zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

Turizm qo‘mitasi hokimliklar bilan birgalikda 36 ta tuman va shaharni etno, gastronomik, tibbiy, ekstremal, madaniy-tarixiy, ziyorat, qishki va agroturizm asosida rivojlantirish bo‘yicha katta dastur tasdiqlaydi. 

Masalan, Sariosiyo tumani hududining asosiy qismi tog‘lardan iborat bo‘lib, qishki turizm uchun katta salohiyat mavjud. Bu yerda dor yo‘li, mehmonxona va savdo-servis xizmatlari sohasida 200 million dollarlik loyihalar qilsa bo‘ladi.

Yana bir misol, Chortoq o‘zining shifobaxsh suvlari bilan mashhur bo‘lsa-da, tuman hokimi yangi loyiha qilish uyoqda tursin, bor sanatoriyalarga ham xorijiy sayyoh olib kela olmayapti.

Yoki, Mo‘ynoqda har yili o‘tadigan “Stixiya” musiqa festivaliga kelgan sayyohlarni ko‘proq olib qolish uchun yangi tashabbuslar kerak.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga 36 ta tuman va shahar bo‘yicha master rejalar ishlab chiqishni tezlatib, loyihalarni o‘z vaqtida moliyalashtirish topshirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

O‘zA