Prokuratura tashabbusi bilan bog‘ yaratildi
Mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekologik atrof-muhit muhofazasiga katta ahamiyat qaratilib, bu boradagi tadbirlar uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tashabbusi bilan Nukus shahrining Shadli-aul mahallasida ikki gektardan ortiq foydalanilmasdan turgan yer maydoni o‘zlashtirilib, ekishlik holatga keltirildi. Ushbu yer maydoniga ko‘chat ekish jarayoni katta tadbir sifatida tashkil etildi. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori E.Tadjiyev rahbarligida yoshi ulug‘ nuroniylar, faol yoshlar ishtirokida bir yarim mingga yaqin mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi.

Albatta, loyihadan ko‘zlangan maqsad, ekologiyani yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish va aholining tabiatga bo‘lgan munosabatini hamda atrof-muhitni yaxshilash va barqarorlikni ta’minlash, respublika hududlarida yashil maydonlarni ko‘paytirish, aholini ekologik madaniyatga undashdan iborat.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.