Eng kuchli rallichilar aniqlandi
95
Avtosportning ralli yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati 1-bosqich musobaqalari o‘tkazildi. Unda o‘z irodasi va mahoratini namoyish etganlar g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.
Toshkent viloyatida joylashgan maxsus ralli maydonida tashkil etilgan chempionat bahslarida mamlakatimizning turli hududlaridan ralli sportiga qiziqadigan mahoratli poygachilar, jamoalar g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Rallining 1 ming 600 metrga mo‘ljallangan juftlik musobaqalarida 16-raqam ostida tasniflangan Yevgeniy Kim va Jamoliddin Mirhosilov 1-o‘rinni, 18-raqamda tasniflangan Nikolay Sayev va Rauf Gasanov 2-o‘rinni, 13-raqam vakillari Farrux Urusov va Otamurodjon Sobirov 3-o‘rinni egalladi.
2 ming metrlik masofadagi bahslarda esa Rustam Muhammedov/Elyor Rahmonov, Shuhrat Obidjonov/Sergey Skvorsov va Farhod Daminov/Javohir Qahhorov chempionatning 1-bosqich sovrindorlari sifatida e’tirof etildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA