“Lochin” futbol klubi rasman professional futbol ligasi a’zosi bo‘ldi

158

Bu haqda Qarshi davlat universitet axborot xizmati xabar berdi.

Unda ta’kidlanishicha, Qarshi davlat universiteti rektori Dilmurod Nabiyev va O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev universitetning “Lochin” futbol klubini O‘zbekiston Professional futbol ligasiga a’zoligi to‘g‘risidagi hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Endilikda “Lochin” futbol klubi O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan O‘zbekiston kubogi va birinchi liga musobaqalarida ishtirok etadi.

Shuningdek, tomonlar professional futbol ligasi talablari asosida universitet hududidagi mavjud futbol maydonlarini rekonstruksiya qilish va zamonaviy baza bunyod etish, klub infratuzilmasini yanada rivojlantirish, klub menejerlari uchun seminarlar tashkil qilish kabi qator masalalarni ham muhokama qildi.

 

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri