Neuralink ko‘ngilli insonlar qidirmoqda (+video)

128

Neuralink butun dunyo bo‘ylab chiplarni o‘rnatish uchun ko‘ngillilarni izlashni boshladi. Avvalroq kompaniya faqat AQSH, Kanada va Buyuk Britaniya fuqarolari ariza topshirishlari mumkinligi haqida ma’lum qilgan edi.

Keyin esa kompanya X ijtimoiy tarmog‘idagi blogida 2 apreldan boshlab dunyoning istalgan nuqtasidan bo‘lgan xohlovchilar ishtirok etish uchun ariza topshirishlari mumkin», deya ma’lumot qoldirdi. Kompaniya tetraplegiya ya’ni orqa miya jarohati yoki yon amiotrofik skleroz tufayli qo‘l va oyoqlari falaj bo‘lgan bemorlarni izlamoqda.

Shuningdek, Neuralink  2025 yil oxirigacha odamga ko‘rish implantini o‘rnatish bo‘yicha birinchi operatsiyani o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi. Bu haqda Ilon Mask 2025 yil 30 mart kuni Viskonsin shtatidagi chiqishi chog‘ida ma’lum qilgandi.

Qurilma to‘liq ko‘zi ojiz odamlarning ko‘rish qobiliyatini tiklash uchun mo‘ljallangan.

Kompaniya bunday texnologiyalar bilan shug‘ullanayotgan yagona tashkilot emas. Ko‘rish qobiliyati buzilgan odamlar uchun implant ustida, jumladan, Neuralink hammuassisi va sobiq rahbari Maks Xodak tomonidan tashkil etilgan Science Corp  ham ishlamoqda. 2022 yilda u Science Eye implantini namoyish etgan edi.

Nozimjon Mardonov, O‘zA