Xitoylik olimlar yana bir halokatli ofatdan ogohlantirdi

133

“South China Morning Post” Pekin zilzila agentligi olimlari tadqiqoti natijalariga tayanib yozishicha, yaqin yillarda Osiyoda kuchli zilzilalar yuz berishi mumkin.

– Hozir mintaqa yangi seysmik faol davrning boshlanish bosqichiga o‘tayotgan bo‘lishi mumkin, – deya mutaxassislar guruhi so‘zlarini iqtibos keltirgan gazeta. – Taxminan 150 yillik seysmik ma’lumotni o‘rgangan olimlar Xitoy va qo‘shni hududlarda yer halokatli qimirlashi mumkinligidan ogohlantirgan.

O‘tgan hafta Myanmada 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Silkinish besh

qo‘shni davlat, jumladan Tailandda ham sezildi. Ushbu tabiiy ofat natijasida halok bo‘lganlar soni 3564 kishiga yetgan. 5012 kishi jarohat olgani ma’lum qilindi.