Kongressmen Grin Trampga impichment kiritishni rejalashtirmoqda

99

Demokrat kongressmen El Grin AQSH Prezidenti Donald Trampga impichment e’lon qilish taklifini ilgari surdi. Bu haqda “Hill” gazetasi yozdi. Uning fikricha, Tramp egallab turgan lavozimiga loyiq emas.

Umuman, Grin bu niyatini ancha avval oshkor qilgan. “The New York Times” gazetasi yozishicha, u Kapitoliy tepaligida, Demokratik partiya bu masalani ko‘tarmasdan oldin, ya’ni birinchi muddatida Trampni impichmentga chaqirish uchun tarafdor guruh rahbarlarini qayta-qayta undagan edi. Grin jami uch marta shunday tashabbus bilan chiqqan va har gal muvaffaqiyasizlikka uchragan.

Tramp AQSH tarixida Vakillar palatasi tomonidan ikki marta impichment e’lon qilingan yagona prezident. Binobarin, har safar u senatorlar tomonidan oqlangan.

Hozir respublikachilar Kongressning ikkala palatasida ham ko‘pchilik. Demak, Tramp impichmenti yana ehtimoldan yiroq.