Misr nashri Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi sammiti haqida

111

Misr Arab Respublikasining “akhbarelyom” nashri Samarqanddagi Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi birinchi sammiti haqida maqola e’lon qildi.

Maqolada dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston va Qozog‘iston Respublikalari yetakchilari bilan muzokara o‘tkazgani batafsil yoritilgan.

Masalan, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stona munosabat, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga oid dolzarb masalalar muhokama qilingani, Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgani ta’kidlangan.

Qosim-Jomart Toqayev bilan uchrashuvda ikki mamlakat hukumatlarining savdo hajmini oshirish, iqtisodiy loyihalar va gumanitar dasturlar, jumladan mintaqaviy miqyosda rag‘batlantirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar ko‘rishi muhimligiga e’tibor qaratilgan.

Muallif Avad Shakshak davlatimiz rahbari anjuman doirasida Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan ham uchrashganini e’tirof etgan. Samarqanddagi tadbirlar O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi do‘stlik, ko‘p qirrali hamkorlik tobora mustahkamlanayotganining yana bir dalili ekanini qayd etgan.

M.Pirmatova, O‘zA