Parlamentlararo Ittifoqning 150-assambleyasiga Tanzila Norboyeva Prezident etib saylandi

256

Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Aytib o‘tish kerakki, Parlamentlararo ittifoq dunyo mamlakatlarining qonun chiqaruvchi organlari uchun global muloqot maydoni hisoblanib, uning doirasida muhokama qilingan masalalar jahon hamjamiyati e’tiboriga yetkaziladi.

Parlamentlar o‘rtasidagi aloqalarni rag‘batlantirish va tinchlik hamda hamkorlikni mustahkamlash ishida birgalikda faoliyat ko‘rsatish uchun ularni birlashtirish Parlamentlararo ittifoqning asosiy vazifalaridan biridir.

Bugun, 6 aprel kuni Assambleya doirasida Boshqaruv kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unga Parlamentlararo ittifoqning Prezidenti Tuliya Ekson raislik qildi.

Tadbirning kun tartibiga 150-yubiley assambleya Prezidenti lavozimiga Oliy Majlis Senati Raisi nomzodi ilgari surildi hamda kengash a’zolari bir ovozdan Tanzila Norboyevani Assambleya Prezidenti etib sayladi.

O‘z navbatida, Senat Raisi Boshqaruv kengashi a’zolariga bildirilgan ishonch uchun o‘z minnatdorligini bildirdi.

N.Abduraimova, N.Haydarov (surat), O‘zA