Qozog‘istonda noyob kon aniqlandi

Qozog‘istonda qarag‘andalik geologlar bag‘rida noyob yer unsurlarini yashirib yotgan istiqbolli yirik konlarni topdi.
Qozog‘iston Sanoat va qurilish vazirligi xabar berishicha, “Sentrgeolsemka” MCHJ “Quyrektiko‘l” uchastkasida qidiruv ishlari olib borish chog‘ida noyob yer metallarining ulkan zaxirasiga ega bir necha istiqbolli hudud aniqlangan.
Hisoblangan umumiy resurs miqdori bir million tonnaga yaqin.
Ostonadan 300 kilometr janubi-sharqda, Qarqarali tumanida joylashgan bu manzilda geologik ma’lumotlarni har tomonlama tahlil qilish natijasi “Jana Qozog‘iston” (Yangi Qozog‘iston) hududini ham yuzaga chiqardi.
Dastlabki hisob-kitobga ko‘ra, 300 metr chuqurlikda 20 million tonnadan ortiq noyob metall turlari bor. Farazlar uzil-kesil tasdiqlansa, Qozog‘iston zaxira bo‘yicha jahon yetakchilari qatoriga qo‘shilib, yuqori texnologiyali sanoatni rivojlantirish uchun keng istiqbol ochishi mumkin.