Shveysariyada dunyodagi eng murakkab mexanik qo‘l soati taqdim etildi

Shveysariyaning “Vacheron Constantin” kompaniyasi tarixdagi eng murakkab mexanik qo‘l soatini taqdim etdi.
Soatsozlikda asorat iborasi vaqt haqidagi an’anaviy tushunchadan oshib tushadigan har qanday funksiya, masalan Grigorian taqvimi yoki oy davri anglashiladi.
Yangi “Les Cabinotiers Solaria Ultra Grand Complication” soati rekord darajada – 41 vazifani bajaradi.
Sakkiz yil davomida yaratilgan, jami 1521 ehtiyot qismdan iborat qurilma 200 dan ziyod qimmatbaho tosh, jumladan sapfir bilan jihozlangan, 18 karatlik oq oltin qutiga joylashtirilgan.
Talabnoma topshirilgan 13 patentdan yettitasi mitti bolg‘achaning noyob zarba bilan to‘rt marta gong uradigan mexanizmiga tegishli.
Soat bir vaqtning o‘zida uch xil vaqtni ko‘rsatadi: an’anaviy 24 soatlik, yulduzlarga nisbatan Yerning aylanishi bilan o‘lchanadigan lateral va sayyoraning elliptik orbitasi hisobga olingan holda sozlanadigan quyosh kunlari.
– Bu miniatyura va innovatsiyaning haqiqiy mo‘’jizasi, – deydi uslub va meros direktori Kristian Selmoni. – Aytish joiz, 1755 yil asos solingan, hozir “Richemont” guruhining bir qismiga aylangan “Vacheron Constantin” allaqachon eng murakkab cho‘ntak soatlari – 63 fenksiyadi “Berkley Grand Complication” bo‘yicha rekord o‘rnatgan.
Binobarin, cho‘ntak soatlari ancha katta bo‘lishi mumkinligi sababli, qo‘l soati ekvivalentini ishlab chiqish ancha qiyin kechdi.
Bu ajabtovur soat sotilmaydi, balki birinchi navbatda muhandislik yutug‘i sifatida e’tirof etilmoqda.
G.Sattorova, O‘zA