Boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyati sarhisob etildi

139

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasida boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalari va boshlang‘ich tashkilot raisini saylash yuzasidan  hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog‘iston kengashi  vakillari, bojxona boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Kun tartibida dastlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi V.Matyokubovning amalga oshirilgan ishlari yuzasidan  hisoboti tinglandi.

Ta’kidlanganidek, uyushma a’zolari farzandlari uchun 2024 yil davomida bolalar oromgohlariga 5 ta yo‘llanma, xodimlar va ularning ota-onalariga sog‘lomlashtirish maskanlarida dam olishlari uchun 4 ta yo‘llanma berilib, ichki turizm tadbirlari doirasida jami 4 nafar xodimning Toshkent shahriga sayohati tashkillashtirildi. Bundan tashqari, uyushma tomonidan boshqarmada o‘tkazilgan bayram tadbirlari, xususan, 26 yanvar – “Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni” munosabati bilan 70 nafar xodimga, 8-mart – “Xalqaro  xotin-qizlar kuni” munosabati bilan 40 nafar ayol xodimaga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Yig‘ilish kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti raisi va uning tarkibini saylash masalasi ko‘rib chiqildi. Ochiq ovoz berish yo‘li orqali o‘tkazilgan saylov natijasiga ko‘ra, “Dovut-ota” chegara bojxona posti boshlig‘i V.Matyokubov boshqarmaning boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi etib saylandi.

Tadbir yakunida 2025 yilda amalga oshiriladigan ishlar rejasi kelishib olindi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.