Turkiyadan muaytay bo‘yicha malakali hakamlar jalb etiladi

113

O‘zbekiston sport vaziri o‘rinbosari, Muaytay assotsiatsiyasi raisi Avazjon Karimov Xalqaro Muaytay uyushmalari federatsiyasi (IFMA) vitse-prezidenti, Yevropa va Turkiya muaytay federatsiyasi prezidenti Hasan Yildiz bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida so‘nggi yillarda mazkur sport turining yurtimizda keng rivojlanib borayotgani va sportchilarimizning xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etishlari uchun yurtimizda yetarli shart-sharoit yaratilgani e’tirof etildi.

Bundan tashqari, hamkorlikda qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, turnirlar tashkil etish, yurtimizga Turkiyadan malakali hakamlarni jalb etish, shuningdek, Turkiy davlatlar o‘rtasidagi jahon chempionatini yurtimizda o‘tkazish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA