Bilim dopingdan himoyalanishning eng muhim vositasi

109

Sport vazirligida “Doping haqida tushuncha, sportchi salomatligiga salbiy ta’siri va oqibatlari” mavzusida respublika seminari bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zbekiston Kurash federatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan seminarda Milliy antidoping agentligi vakillari, kurash murabbiylari hamda sportchilar ishtirok etdi.

Seminarda sportchilar o‘rtasida antidoping bo‘yicha tushuntirishlar berib borish, uning salbiy oqibatlari nafaqat sportchi uchun, balki jahon arenalarida O‘zbekistonning xalqaro obro‘yiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, sportchilarning odob-axloq qoidasi, bilim va ko‘nikmalarini oshirish, hududlarda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA