Ekranli idish

164

PixelMug P1 nomli yangi krujka loyihasi paydo bo‘ldi va belgilangan 12 882 dollar o‘rniga 82 ming dollardan ortiq mablag‘ to‘pladi. PixelMug P1 startapiga ko‘ra, ushbu mahsulot sun’iy intellekt va piksel displeyga ega dunyodagi birinchi krujka hisoblanadi. Displey ichimlikning harorati, ob-havo ma’lumotlari va mini o‘yinlarni aks ettirish uchun ishlatiladi.

Maxsus mobil ilova yordamida krujkaning ekrani istalgan fotoni ko‘rsatishi mumkin. Surat sun’iy intellekt yordamida piksel formatiga aylantiriladi. Shuningdek, krujkada rejalashtirilgan uchrashuvlar bo‘yicha eslatmalar, smartfonga kelgan turli SMS xabarlar va boshqa foydali ma’lumotlarni aks ettirishga mo‘ljallangan.

Madinabonu Nasriyeva, 
Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA