“Siyosatdagi yoshlar” intellektual turniri o‘tkazildi

157

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan partiya “Yoshlar qanoti” a’zolari, oliy o‘quv yurtlarining talaba yoshlari o‘rtasida “Siyosatdagi yoshlar” intellektual turniri o‘tkazildi.

Turnirni o‘tkazishdan asosiy maqsad, yoshlarning siyosiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishini ta’minlash, yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etishda partiya safidagi yoshlarning salohiyatidan foydalanish, yuksak siyosiy bilim va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan yoshlarni aniqlash, iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishdan iborat.

Intellektual turnir ishtirokchilari “Tezkor savol-javob” va “Siyosiy tezkor javob” shartlarida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Qizg‘in bellashuvda o‘tgan turnir yakunida “KarOne” jamoasi birinchi, “Universal” jamoasi ikkinchi, “Massaget” jamoasi uchinchi o‘rinlarni egalladi.

G‘oliblar partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan tayyorlangan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Dovud ABIBULLAEV,

O‘zA muxbiri