Myanmadagi zilzila 2900 ga yaqin insonning yostig‘ini quritdi
Myanmadagi zilzila qurbonlari soni 2886 kishiga yetdi. Ushbu ofat tufayli 4639 odam jarohatlangan, 373 kishining taqdiri noma’lum. Bu ma’lumotni Xitoyning “Sinxua” axborot agentligi mahalliy hokimiyatga tayanib tarqatdi.
Eslatib o‘tamiz, 28 mart kuni Myanmada 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘lib, yer silkinishi besh qo‘shni davlatda ham sezilgan.
