Sankt-Peterburgda uysizlar muzeyi ochildi

116

Bu muzeyga faqat ekskursiya guruhlari tarkibida tashrif buyurish mumkin, deb yozmoqda rus nashrlari.

Chiptalarni sotishdan tushgan mablag‘lar og‘ir hayot sharoitida qolgan odamlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Muzey ko‘rgazmasi turli tarixiy davrlarni – antik davrdan to XX asr oxirigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga olgan uysiz kishilarning hikoyalarini namoyon etadi.

Asosiy eksponatlardan tashqari muzey zallarida moddiy va nomoddiy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan ob’ektlar ham namoyish etiladi. Eksponatlarni to‘plashga bir yildan ortiq vaqt ketganligi aytilmoqda.

Muzeyda shuningdek, filmlar namoyishi, fotosuratlar ko‘rgazmalari va mavzuli ma’ruzalar kabi ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi. Qolaversa, uysizlik qiyinchiliklarini yengib, yangi hayot boshlashga muvaffaq bo‘lgan insonlar bilan uchrashuvlar tashkil etish ham rejalashtirilgan.

G.Sattorova, O‘zA