Xokkeychilarimiz ishtirok etadigan jahon chempionati maskoti e’lon qilindi
129
Xabaringiz bor, Armaniston poytaxti Yerevan shahrida joriy yilning 13-19 aprel kunlari xokkey bo‘yicha jahon chempionati IV divizioni o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Armaniston, Eron, Kuvayt, Malayziya va Indoneziya terma jamoalari ishtirok etadi.
Musobaqa rasmiy timsolini aniqlash uchun o‘tkazilgan tanlovda ekspert hakamlar hay’ati Ella Amatuni tomonidan chizilgan «Arman Gampr» maskotini yoqlab ovoz berdi. Shu tariqa, o‘zining kuchi, chidamliligi va chaqqonligi bilan mashhur bo‘lgan qo‘riqchi it zoti «Arman Gampr» yaqinlashib kelayotgan xokkey chempionatining ramziga aylandi.
Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun mazkur jahon chempionati debyut hisoblanadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA