Myanmada zilzila qurbonlari soni 2719 nafarga yetdi

92

Myanmada yuz bergan zilzila qurbonlari soni 2719 kishiga yetdi, 4521 kishi jarohat olgan, deb xabar tarqatdi Xitoy markaziy televideniyesi.

– Myanma rahbari Min Aung Xlaing kuchli zilzila oqibatida hozirgacha 2719 kishi halok bo‘lgan, 4521 kishi jarohatlangan va 441 kishi bedarak yo‘qolganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar soni 3000 kishidan oshishi mumkin, – deyiladi xabarda.

O‘tgan juma kuni Myanmada 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishlari besh qo‘shni davlatda, jumladan Tailandda ham sezildi.