Kolumbiya yetakchisi Ukrainani Rossiya bilan tinchlik o‘rnatishga chaqirdi

126

Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro ijtimoiy tarmoqda “Ukraina Rossiya bilan tinchlik o‘rnatishi, mustamlakachilikni bo‘yniga olmasligi” kerakligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hozir mustamlakachilik xavfi ostida.

– Dunyo mustamlakalarga bo‘linishi tarixda Birinchi jahon urushiga olib kelgan, – deb yozdi Petro. – Ukraina ham hech kimga mustamlaka bo‘lmasdan, Rossiya bilan sulh tuzishga qaror qilishi butun insoniyatga o‘rnak bo‘lishi mumkin.

Avvalroq, 3 mart kuni boshqa nashr Kolumbiya rahbari Vladimir Zelenskiyni tanqid qilgani to‘g‘risida yozgan edi:

– Zelenskiy urushni G‘arb quroli bilan boshlagan va hozir o‘zini xiyonat qilgandek his qilmoqda, – degan o‘shanda Petro.