Nukusda “Departament bog‘i” barpo etildi

128

Nukus shahridagi “Telemarkaz” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi bir gektar maydonda “Departament bog‘i” barpo etildi.

Tadbirda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari, mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi hamda nuroniylar ishtirok etdi.

Mamlakatimiz bo‘ylab davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari ham faol ishtirok etib, bog‘ yaratish, tabiatni va atrof-muhitni asrab-avaylash, ekologiya tozaligini saqlashdek xayrli ishga munosib hissalarini qo‘shmoqda.

Tadbir davomida yaxshi niyatlar bilan 300 tupga yaqin mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi. Ekilgan ko‘chatlarni parvarish qilish bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari bilan kelishib olindi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur bog‘ kelajakda mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalarga, ijtimoiy daftarlarga kiritilgan fuqarolarga ajratib beriladi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri.