MIB: farzand onasi bag‘riga qaytarildi

127

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tuman sudining 2025 yil 11 martdagi ijro hujjatiga asosan voyaga yetmagan bir nafar farzand javobgar I.K.dan da’vogar bolaning onasi O.N.ning tarbiyasiga olib berish belgilandi.

Ushbu ijro hujjati bo‘yicha Majburiy ijro byurosi Kegeyli tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ijro harakatiga kirishildi. Xususan, bo‘lim davlat ijrochisi Ichki ishlar bo‘limi profilaktik inspektori bilan birga javobgarning yashash manziliga borib, unga sud qarori talabini bajarish lozimligi, uni bajarmaslik oqibati haqida batafsil tushuntirish berildi.

Javobgar I.K. bolani onasi bag‘riga qaytarib, sud qarori ijrosi amalda ta’minlandi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri