O‘ttiz ikki yillik muammo ijobiy hal etildi

Prezidentimizning 2024 yil 24 maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmoni talablaridan kelib chiqib, adliya bo‘limlari tomonidan mahallalarda uyma-uy yurish orqali aholi orasida huquqiy muammoni aniqlash, tahlil etish va ularni bartaraf etish bilan bog‘liq ishlar samarali tashkil etilmoqda.
– Xususan, “Aspantay” ovul fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan xatlov natijasida ushbu hududda yashab kelayotgan Madeshova Tazegul Jaxiyevnaning 1993 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi hujjati mavjud emasligi bilan bog‘liq huquqiy muammosi tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, o‘rganish ishlari olib borildi, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumani adliya bo‘limi boshlig‘i Kazbek Palo‘aniyazov. – Huquqiy muammoni o‘rganish davomida fuqaro T.Madeshova 1969 yil 27 avgust kuni Turkmaniston Respublikasi Dashoguz viloyati Ko‘na Urganch tumanida tug‘ilganligi, oila qurganligi sababli 1993 yildan buyon “Aspantay” ovul fuqarolar yig‘inida yashab kelayotganligi, 1997 yili mazkur mahallada yashovchi fuqaro Koshekeyev Shopbay Jumabayevich bilan qonuniy nikohdan o‘tganligi, 2 nafar farzandi borligi aniqlandi.
Tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro T.Madeshovaning O‘zbekiston Respublikasida yashaganlik faktini tasdiqlash yuzasidan sudga ariza kiritib, ariza sud tomonidan qanoatlantirildi. Natijada, fuqaro T.Madeshovaga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining ID-kartasi berilib, huquqiy muammo ijobiy hal etildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.