Hukumatning 2023 yil 25 iyuldagi 310-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi

205

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Ro‘yxatga olinmagan o‘qotar qurol va uning o‘q-dorilarini topshirganlik uchun taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023 yil 25 iyuldagi 310-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining “Ro‘yxatga olinmagan o‘qotar qurol va uning o‘q-dorilarini, portlovchi materiallar va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlariga o‘z ixtiyori bilan topshirish hamda o‘qotar qurol va uning o‘q-dorilarini topshirganlik uchun taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023 yil 25 iyuldagi 310-son qaroriga:

o‘qotar bo‘lmagan (pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish va o‘zini o‘zi himoya qilish) qurol turlariga doir tushunchalarni kiritish;

ichki ishlar organlari tomonidan qabul qilingan o‘qotar qurol va uning patronlarini kriminalistik hamda markazlashgan axborot-qidiruv tizimlari orqali o‘rganish va dastlabki tekshiruvlarni tashkil etish mexanizmini o‘qotar bo‘lmagan qurol turlariga tatbiq etish;

o‘qotar bo‘lmagan qurol turlarini o‘z ixtiyori bilan topshirganlik uchun pul mukofoti bilan takdirlash amaliyotini joriy etishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

O‘zA