Yunon-rum kurashchilarimiz Osiyo chempionatini 6 ta medal bilan yakunladi

224

Iordaniya poytaxti Amman shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatining yunon-rum kurashi bellashuvlari yakunlandi. Unda hamyurtlarimizdan Alisher G‘aniyev (-60 kg.) va Abdulla Aliyev (-72 kg.) kumush medaliga ega chiqdi.

Shu tariqa, qit’a birinchiligida yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta oltin, 2 ta kumush 1 bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rindan joy oldi. Ushbu yo‘nalishda birinchi o‘rin 5 ta oltin va 3 ta kumush medalga sazovor bo‘lgan Eron termasiga nasib etdi. Yaponiyalik polvonlar bittadan oltin va kumush hamda 4 ta bronza medal jamg‘arib, kuchli uchlikdan joy oldi.

Bugun, 27 mart kuni chempionatda ayollar kurashi bo‘yicha bahslar o‘tkaziladi. Unda hamyurtlarimizdan Aktenge Keunimjayeva (-50 kg.), Shohida Ahmedova (-53 kg.), Dilshoda Matnazarova (-55 kg., Sarbinaz Jiyenbayeva (-59 kg.), Muyassar Kushmuratova (-62 kg.), Shahzoda Allaniyozova (-65 kg.), Nabira Esenboyeva (-68 kg.), Svetlana Oqnazarova (-72 kg.) va Ozoda Zaripboyeva (-76 kg.) medallar uchun raqobatlashadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA