Ukrainadagi nizoni hal qilishning eng qiyin qismi ma’lum qilindi
Qora dengizdagi sulh bitimini muhokama qilish Ukraina mojarosini hal qilish jarayonidagi eng oson qadam bo‘ldi, lekin keyingi odimlar biroz qiyinroq bo‘ladi, dedi AQSH prezidentining maxsus vakili Keyt Kellogg “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hech bir tomon yakuniy kelishuvdan to‘liq qoniqmaydi.
– Ikkala tomon ham xohlagan narsasiga erisha olmaydi, -dedi u. – Hududiy masalalarni muhokama qilish, ayniqsa, ular ustidan amaldagi va huquqiy nazorat o‘rtasidagi farq tufayli qiyin bo‘ladi.
Xorijiy OAVda aytilishicha, Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Ukraina talablarini baholamoqda va muhim qarorlar qabul qilish uchun hujjatlarni prezident Donald Trampga taqdim etadi.
S.Rahimov, O‘zA