Futbolchilarimizdan kutilgan g‘alaba

328

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo qit’asida futbol bo‘yicha Jahon chempionati 3-saralash bosqichining 7-turida Qirg‘iziston termasiga qarshi o‘yin o‘tkazdi.

“A” guruhidan o‘rin olgan mazkur uchrashuvga poytaxtimizdagi “Bunyodkor“ stadionida mezbonlik qildi. Temur Kapadze qo‘l ostidagi terma jamoamiz o‘yinda 1:0 hisobida zafar quchdi. Terma jamoamizga g‘alaba keltirgan gollarga Hojiakbar Alijonov mualliflik qildi.

Shu tariqa, ochkolarini 16 taga yetkazib olgan O‘zbekiston terma jamoasi 8-turda Eronga qarshi safarda o‘yin o‘tkazadi. Bahs 25 mart kuni Tehron shahrida joylashgan “Ozodiy” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA