Kirsti Koventri Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining prezidenti etib saylandi

327

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining (XOQ) 144-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda delegatlar ovoz berish yo‘li bilan zimbabvelik Kirsti Koventrini XOQ prezidenti lavozimiga saylashdi.

Shu tariqa, tarixda ilk bor ayol kishi XOQ boshqaruvini egalladi.

Koventri xonim bugungi kunga qadar, XOQning Atletlar komissiyasi rahbari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan edi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA