Bugun XOQ rahbari saylanadi
Xalqaro olimpiya qo‘mitasining amaldagi prezidenti Tomas Bax o‘rniga yetti kishi da’vogarlik qilmoqda. Saylov Yunonistonning Kosta-Navarino kurortida 44-sessiya doirasida bo‘lib o‘tmoqda.
Kurash Xalqaro gimnastika federatsiyasi rahbari Morinari Vatanabe, Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi prezidenti Sebastyan Kou, Xalqaro velosipedchilar ittifoqi yetakchisi David Lapartyan, chang‘i va snoubord bo‘yicha xalqaro federatsiya rahbari Yoxan Eliash, XOQdan vitse-prezident kichik Xuan Antonio Samaranch, Ijroiya qo‘mita a’zosi Faysal Al-Husayn, Suzish bo‘yicha ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Kirsti Koventri o‘rtasida kechadi.
G‘oliblik uchun mutlaq ko‘pchilik ovoz olish lozim. Bahs bir necha davrada davom etishi mumkin, har bir bosqichda eng past natija ko‘rsatgan nomzod saylovni tark etadi.